
APL 23 ta afsonadan 9 tasini tanlab oladi
Tez orada yana oltita futbolchi Angliya premer-ligasining "Shon-sharaf" zalidan joy oladi. Ular 9-maygacha davom etadigan muxlislar o‘rtasida ovoz berish orqali 23 nomzod orasidan tanlanadi.
Nomzodlar orasida Erik Kantona, Toni Adams, Mettyu Le Tisse, Ian Rayt, Peter Shmeyxel, Roy Kin, Les Ferdinand, Sol Kempbell, Endi Koul, Robbi Fauler, Pol Skoulz, Devid Bekxem, Frenk Lempard, Rio Ferdinand, Dennis Bergkamp, Patrik Vieyra, Maykl Ouen, Stiven Jerrard, Jon Terri, Eshli Koul, Dide Drogba, Robin van Persi va Nemanya Vidich bor.
"Nyukasl"ning sobiq hujumchisi Alan Shirer va "Arsenal"ning sobiq hujumchisi Terri Anri Angliya premer-ligasining "Shon-sharaf" zaliga kiritilgan birinchi futbolchilar bo‘lgan edi.
Angliyaning eng yuqori futbol ligasi – APL 1992 yilda tashkil etilgan. Shundan buyon musobaqaning tomoshabopligi va nufuzini oshirishga katta xizmat qilgan futbolchilarning ajoyib mahoratini va iste’dodini taqdirlash uchun “Shon-sharaf” zali tashkil etildi.
Fikrlar