APL. "Arsenal"- "Liverpul" bahsi oldidan raqamlar bilan tanishing!

  • 27 oktabr, 2024, 16:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun APLning 9-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Liverpul" bahsi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bellashuv oldidan statistikalar bilan tanishing.

"Arsenal" va "Liverpul" klublarining so‘nggi 5 ta o‘yin natijasi bo‘yicha "kanonirlar"da ustunlik mavjud. 2ta g‘alaba, 2 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat. 
 
 "Arsenal" 3:1 "Liverpul" (2024 yil, 4 fevral) 
 "Arsenal" 0:2 "Liverpul" (2024 yil, 7 yanvar) 
 "Liverpul" 1:1 "Arsenal" (2023 yil, 23 dekabr) 
 "Liverpul" 2:2 "Arsenal" (2023 yil, 9 aprel) 
 "Arsenal" 3:2 "Liverpul" (2022 yil, 9 oktyabr) 

"Emirates"da o‘tgan so‘nggi 5 ta uchrashuv natijalari. Bu bo‘yicha kichik ustunlik mersisaydliklar tomonida - 3 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat. 


 
 "Arsenal" 3:1 "Liverpul" (2024 yil, 4 fevral) 
 "Arsenal" 0:2 "Liverpul" (2024 yil, 7 yanvar) 
 "Arsenal" 3:2 "Liverpul" (2022 yil, 9 oktyabr) 
 "Arsenal" 0:2 "Liverpul" (2022 yil, 16 mart) 
 "Arsenal" 0:2 "Liverpul" (2022 yil, 20 yanvar) 
 
 "To‘pchilar" bu mavsum APLda 5 ta g‘alaba, 2 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat bilan 17 ochko to‘plab 3-o‘rinda ketishmoqda. Evropa Chempionlar ligasining 1-turida esa "Atalanta" bilan nursiz durang qayd etdi. Keyingi turlarda PSJ va "Shaxtyor" klublari ustidan irodali g‘alabaga erishib, 7 ochko jamg‘ardi va umumiy turnir jadvalining 9-o‘rinida ketmoqda. 
 
"Liverpul" esa mahaliy chempionatda 7 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bilan peshqadamlik qilmoqda. Arne Slot boshchiligadi klub EChLDA ham 3 turdan so‘ng 100 foizlik natija qayd etdi. Hozirda 9 ochko to‘plab ingilizlarning boshqa bir klubi hisoblangan "Aston Villa" bilan etakchilik qilmoqda. 


 
Ikki klubning bu mavsumdagi gol va assistlar bo‘yicha etakchilari bilan tanishing. 

"Arsenal"ning bu mavsumdagi to‘purari Kay Xaverts bo‘lmoqda. Uning hisobida 6 ta gol mavjud. Bundan tashqari Bukayo Sakada ham 3 ta gol bor. Bu ko‘rsatgich bo‘yicha "Liverpul"da Muhammad Salax kichik farq bilan etakchilik qilmoqda. Misrlik futbolchi bu mavsum 7 ta gol urishga ulgurdi. Undan keyin esa kolumbiyalik vinger Luis Dias 5 ta gol bilan jamoadoshini ta’qib qilmoqda. 

Golli uzatmalar bo‘yicha "Arsenal"da Saka 7 ta assist bilan etakchilik qilmoqda. Salax bu ko‘rsatgich bo‘yicha ham o‘z jamoasida etakchi, hozirda uning hisobida ham 7 samarali uzatma mavjud.

Eslatib o‘tamiz, APLning 9-turidan o‘rin olgan "Arsenal" va "Liverpul" o‘rtasidagi to‘qnashuv bugun, Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!