APL. "Chelsi" London derbisida "Tottenxem"dan ustun keldi
"Stemford Brij" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. 15-daqiqada Olive Jiru hisobni ochgan bo‘lsa, 48-daqiqada Markos Alonso "aristokratlar"ning ikkinchi golini kiritdi. Bellashuv so‘nggida Erik Lamelaning zarbasidan so‘ng to‘p Antonio Ryudigerning oyog‘iga tekkan holda Kepa Arrisabalaga qo‘riqlayotgan darvozadan joy oldi.
Shu tariqa, "ko‘klar" hisobidagi ochkolar soni 44 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘rindan mustahkam joy oldi. 40 ochkosi bor "shporlar" esa 5-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar