
APL gigantlari nishonidagi Rays "Vest Xem"dan ketishi ma’lum qilindi
"Vest Xem" futbolchisi Deklan Rays yozda jamoasini tark etadi. Bu haqda "bolg‘achilar" rahbari Jek Sallivan xabar berdi.
"Biz Raysning ketishiga ruxsat beramiz. U bizning 200 minglik taklifimizni rad etdi. Ayni paytda Deklanga 3 yoki 4 klubdan qiziqish bor", - dedi Jek.
Eslatib o‘tamiz, Raysga APLning "Chelsi", "Arsenal", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" kabi top klublari qiziqish bildiryapti. Shuningdek, uni "Bavariya" ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Fikrlar