APL. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda "Aston Villa" "Vest Xem" ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Angliya Premer-ligasining 16-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqasidayoq mezbonlar futbolchisi Mateush Fernandesh gol urib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 9-daqiqada "bolg‘achilar" himoyachisi Movrapanos o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yib muvozanat tiklanishiga sababchi bo‘ldi. 24-daqiqada Jarred Bouen gol urib yana "Vest Xem"ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 5-daqiqasida Morgan Rojers hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qilgan bo‘lsa, angliyalik futbolchi jamoasining g‘alaba golini ham urishga muvaffaq bo‘ldi. Yakuniy hisob 2:3 "Aston Villa" foydasiga.
Shu tariqa, birmingemliklar ochkolar sonini 33 taga etkazib olib 3-pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa, "Vest Xem" 13 ochko bilan 18-o‘rindan joy oldi.



Fikrlar