APL grandi PSJ futbolchisni nishonga oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Manchesterliklar hozirda PSJ klubi a’zosi Manuel Ugartega katta qiziqish bildirmoqda.

"Manchester Yunayted" hozirda bir nechta transferlarni amalga oshirib, jamoa tarkibini kuchaytirishdan to‘xtamoqchi emas. Shu kungacha "Boloniya" hujumchisi Zirkze, "Lill"dan 18 yoshli himoyachi Leni Yoroni sotib oldi. Bir necha kun oldin "Bavariya" futbolchisi Maties de Ligt va PSJ klubi o‘yinchisi Xavi Simonsga juda katta qiziqish bildirayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Urugvaylik tayanch yarim himoyachining Parij klubi bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar belgilangan. PSJ klubi Ugarte uchun "qizil iblislar"dan 70 million evro so‘ramoqda. Bunga asosiy sabab, o‘tgan mavsum Parijliklar "Sporting"dan o‘yinchini 60 million evroga sotib olgan. Shu sababli, futbolchining transferi orqali zararga kirmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!