APL jamoalari uchun xushxabar!
Britaniya hukumati klublarga jamoaviy mashg‘ulotlarni boshlashga ruxsat berdi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Aytish kerakki, shu kungacha umumiy guruh mashg‘ulotlariga ruxsat berilmayotgan edi. Kecha 24 may kuni APL klublari yana bir marta test topshirishdi. Natijada 2 ta yangi holat qayd etildi. Jami hisobda esa premer-ligada aniqlangan koronavirus bemorlari soni 8 taga etdi.
"Uotford" sardori Troy Dini va “Chelsi” xavbeki Ngolo Kante koronavirus bilan bog‘liq xavf hali ham mavjudligi bois mashg‘ulotlarga qatnashishdan bosh tortmoqda.

Fikrlar