APL klubi bosh murabbiy bilan bitimni uzaytirdi

  • 13 sentabr, 2020, 21:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vulverxempton" klubi bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu bilan shartnomani uzaytirdi.

Tecno

46 yoshli mutaxassis 3 yillik bitimga imzo chekdi.

"Men bor kuchimni ishga solaman, chunki oldinda katta sinovlar bor. Bungacha, qanday natijalar qayd etganimiz muhim emas, asosiysi oldinda nimalar kutayotganligi haqida qayg‘urish afzalroq.

Biz APLga ko‘tarilganimizdan buyon, ko‘plab futbolchilar jamoani tark etdi va yana boshqalari keldi. Biz o‘sdik, rivojlandik. Bu yaxshi, albatta.

Ertaga biz kechagidan yaxshiroq bo‘lishni xohlaymiz va har kuni shunday bo‘lishi kerak. Biz yaxshiroq o‘ynashni istaymiz va har doimgidek, yurakdan mehnat qilishni xohlaymiz. Har birimiz har bir lahzani to‘la sadoqat bilan rivojlanish uchun bag‘ishlashimiz kerak," - dedi Santu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!