APL klubi "Real" hujumchisi uchun katta taklif tayyorlayapti
Angliyaning «Fuhham» klubi «Real» hujumchisi Gonsalo Garsiya transferi uchun katta miqdorda mablag‘ taklif qilishga tayyor.
London jamoasining yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa aynan shu futbolchini tarkibda ko‘rishni istamoqda. Ispaniyalik mutaxassis Madridda birga ishlagan forvardni yana qo‘l ostiga olishni rejalashtirayotgani haqida jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Ispaniya ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» Gonsalo Garsiyani sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor.
2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi madriddliklarning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalar doirasida 39 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
Undan avval Gonsalo Garsiya «Real Madrid Kastilya» yoshlar jamoasida to‘p surgan. U yerda 2024/2025 yilgi mavsumda 73 uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol muallifi bo‘lgan.

Fikrlar