APL klublari qachondan mashg‘ulotlarga qaytishadi?
Bu haqida "Sky Sports" kanali ma’lumot bermoqda.
APL mutasaddilari mavsumni davom ettirish niyatidalar. Liga jamoalarining shifokorlariga bu haqida aniq loyiha ham taqdim qilingan. Shifokorlardan 4 nafari ushbu taklifga qarshi. Biroq katta ehtimol bilan 18 maydan e’tiboran premer-liga jamoalari kichik guruhda mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Bunda klub tibbiyot xodimlari futbolchilarning virusdan himoyalanganliklarini ta’minlashi lozim bo‘ladi.

Fikrlar