
APL klublari qishki transferlar davrida rekord o‘rnatishdi
Angliya premer-ligasi klublari qishki transferlar davrida yangi futbolchilar sotib olish uchun 430 mln funt mablag‘ sarflashdi.
Deloitte nashrining ma’lum qilishicha bu ko‘rsatgich APL uchun rekordga aylangan. Bu borada avvalgi eng yuqori ko‘rsatgich 2011 yilgi qishki transferlar davriga to‘g‘ri kelgan(225 mln funt).
Premer-liga jamoalarining futbolchilar sotuvidan topgan daromadlari ham rekord mablag‘ni tashkil etdi. APL klublari qishki transferlar davrida jami 340 mln funt ishlab topishgan.
Fikrlar