APL kuchlimi yoki Bundesliga?

  • 11.10.2020 17:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” yarim himoyachisi Kristian Pulishich Germaniya Bundesligasi va Angliya premer-ligasini o‘zaro taqqosladi.

“O‘ylaymanki, o‘xshashlik va farqlar mavjud. Men APLda o‘zimga ko‘proq ishondim, o‘zimni yanada qulay his qildim. Ikkala ligada ham kuchli jamoalar bor, men bunga katta ahamiyat bermagan bo‘lardim. Asosiy farq - bu jadval. Angliyada taqvim juda zich, ayniqsa qishda, haftada bir nechta o‘yin o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Kuch jihatidan bu ligalarni taqqoslay olmayman, ikkalasi ham juda kuchli. Hozir Angliya Premer-ligasida o‘ynayotganimdan xursandman”, - dedi amerikalik futbolchi.

Pulishich “Chelsi”ga o‘tishdan oldin “Borussiya” Dortmundda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!