APL. "Liverpul" Soboslaining super goli evaziga "Arsenal"ni mag‘lub etdi
Angliya Premer-ligasining 3-turidan Arne Slot boshchiligidagi "Liverpul" Mikel Arteta boshqaruvidagi "Arsenal" bilan kuch sinashib, 1:0 hisobda muvaffaqiyatga erishdi.
Uchrashuvdagi yagona golni 83-daqiqada Soboslai jarima zarbasidan super gol kiritdi. Mazkur gol o‘yin taqdirini hal qildi va mersisaydliklarga 3 ochkoni taqdim etdi.
Ma’lumot uchun, "Liverpul" yangi mavsumda ochko yo‘qotmagan yagona jamoa bo‘lib qoldi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Liverpul
- Dominik Szoboszlai 83'
Tugadi
1
:
0
31.08.2025 20:30



Fikrlar