APL. "Manchester Siti" mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi. Husanov esa zaxiradan o‘yinga qo‘shildi

  • 16 avgust, 23:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining ilk turida Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" "Vulverxempton" bilan kuch sinashib, 0:4 hisobida zafar quchdi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov esa 82-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. 
 
Dastlab o‘yinning 34-daqiqasida Erling Xoland hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa Tiyani Reynders chiroyli gol urib, oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida norvegiyalik forvard dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Rayan Sherki 80-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirgan holda, hisobni 0:4 ko‘rinishiga keltirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 23 avgust kuni "Tottenxem"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin esa Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum

Vulverhempton

Tugadi
0 : 4

16.08.2025 21:30

Manchester Siti

  • Tijjani Reijnders 37'
  • Erling Haaland 34'
  • Erling Haaland 61'
  • Rayan Cherki 81'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!