
APL. "Manchester Siti" navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
APL 24-tur doirasidagi "Manchester Siti" - "Brentford" o‘yini yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
40-daqiqada Maxrez penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, 69-daqiqada Kevin De Bryuyne hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Ushbu natijadan so‘ng "Manchester Siti"ning ochkolari soni 60taga etdi va jamoa turnir jadvalida hamon 1-o‘rinda ketmoqda.
"Brentford" klubi 23 ochko bilan 14-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar