APL: "Manchester Siti" "Sheffild" bahsi taqdirini yagona gol hal qildi
Angliya Premer-ligasi 21-turida "Manchester Siti" "Sheffild" bilan bellashdi va kichik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yin "shaharliklar"ning ustunligi ostida o‘tdi. Ushbu ustunlik 9-daqiqadayoq tabloda o‘z aksini berdi. Raqib jarima maydonida to‘pni egallab olgan Gabriel Jezus yakin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.
Shu tariqa "Siti" 20 ta o‘yindan so‘ng 44 ochko to‘plab birinchi pog‘onadagi o‘rnini mustahkamladi, "Sheffild" 21-turdan so‘ng 8 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qoldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar