
APL. Markaziy uchrashuvda kuchlar teng keldi - ikki jamoa o‘z o‘rnida qoladi
APL 18-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin, "Liverpul" - "Arsenal" bahsi yakuniga etdi. Unda jamoalar murosa ko‘chasini tanladi - 1:1.
Dastlab, 4-daqiqada Gabriel Magalyayns bosh bilan gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, 29-daqiqada Muhammad Saloh qanotdan uyushtirgan reydini ajoyib zarba bilan tugatib, muvozanatni tikladi. Uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi.
40 ochkosi bor "Arsenal" Premer-liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lsa, 39 ochkoga ega "Liverpul" 2-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar