
APL. "Nyukasl" ochko yo‘qotdi va MYudan o‘tib keta olmadi (Turnir jadvali)
APL 22-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" - "Vest Xem" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 3-daqiqada Kallum Uilson hisobni ochdi. 32-daqiqada Lukas Paketa muvozanatni tikladi. O‘yinda boshqa hisob o‘zgarmadi.
40 ochkosi bor "qarg‘alar" APL turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 19 ochkosi bor "bolg‘achilar" 16-pog‘onani band etgan.
Fikrlar