APL. "Tottenxem" yana "London derbisi"da mag‘lub bo‘ldi

  • 30.11.2025 03:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining 13-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Fulxem" jamoalari ishtirokidagi to‘qnashuvda Tomas Frank shogirdlari 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 
 
To‘qnashuvning 4-daqiqasidayoq Tete Vikario darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 2 daqiqa o‘tib esa Xarri Uilson "Fulxem"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida Muhammad Qudus gol urib, hisobni qisqartirdi. Lekin "shporlar"ning o‘yinning qolgan vaqtida hisobni tenglashtira olmadi.

Ma’lumot o‘rnida, "Tottenxem" bundan avvalgi turda ham "London derbisi"da "Arsenal"ga mag‘lub bo‘lgan edi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
6.png

Tottenhem

  • Mohammed Kudus  59'
Tugadi
1 : 2

30.11.2025 01:00

11.png

Fulhem

  • Kenny Tete 4'
  • Harry Wilson 6'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!