APLda bunday murabbiylar soni 3 taga etdi

  • 06.04.2020 21:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Vest Xem" klubi bosh murabbiyi Devid Moyes koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz paytida maoshining 30% ga kamayishiga rozi bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, shotlandiyalik mutaxassis maoshi kamayishiga rozi bo‘lgan Angliya premer-ligasidagi 3-murabbiy bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Bundan avvalroq, Eddi Xou ("Bornmut") va Grem Potterlar ("Brayton") ham shunday tashabbus bilan chiqishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!