APLda eng yuqori maosh oluvchi murabbiylar e'lon qilindi. Gvardiola nechanchi o'rinda?
Angliya Premier-ligasidagi eng yuqori maosh oluvchi murabbiylar ro‘yxati e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola oyiga 1,92 million yevro maosh bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, "Arsenal" murabbiyi Mikel Arteta 1,25 million yevro ikkinchi o‘ringa egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni 770 ming yevro moash bilan "Aston Villa" ustozi Unay Emeri yakunlab berdi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda APL jadvalidа "kononirlar" 70 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. "Shaharliklar" esa 61 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar