APLda mavsumning eng yomon 10 ta transferi e'lon qilindi
Angliyaning Daily Mail nashri Angliya Premier-ligasidagi 2025/2026 yildagi mavsumdagi eng yomon 10 ta transfer ro‘yxatini e’lon qildi. Antireytingga "Chelsi"ning uch nafar yangi futbolchisi Alehandro Garnacho, Jeymi Gitens va Liam Delap kirgan bo‘lsa, birinchi o‘rinni "Nyukasl" hujumchisi Yoan Vissa egalladi.
Daily Mail talqiniga ko‘ra, 2025/2026-yildagi mavsumda APLning eng yomon 10 ta transferi:
1. Yoan Vissa ("Brentford"dan "Nyukasl"ga) - 55 million funt sterling.
2. Jeyms Makati ("Manchester Siti"dan "Nottingem Forest"ga) - 30 million funt sterling.
3. Xarvi Elliot ("Liverpul"dan "Aston Villa"ga) - ijara.
4. Aleksander Isak ("Nyukasl"dan "Liverpul"ga) - 125 million funt sterling.
5. Alehandro Garnacho ("Manchester Yunayted"dan "Chelsi"ga) - 40 million funt sterling.
6. Jon Aryas ("Fluminense"dan "Vulverxempton"ga) - 15 million funt sterling.
7. Konor Gallaher ("Atletiko"dan "Tottenxem"ga) - 35 million funt sterling.
8. Jeymi Gitens (Dortmundning "Borussiya" jamoasidan "Chelsi"ga) - 48,5 million funt sterling.
9. Xavi Simons ("RB Leyptsig"dan "Tottenxem"ga) - 52 million funt sterling.
10. Liam Delap ("Ipsvich"dan "Chelsi"ga) - 30 million funt sterling.

Fikrlar