
APLda to‘p tepuvchi musulmon futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzildi
Kirib kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan APLda o‘ynaydigan musulmon futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzildi.
E’tiborlisi, mazkur ramziy jamoaga hamyurtimiz Abduqodir Husanov ham kiritilgan. 11 futbolchidan iborat jamoa hujum chizig‘idan ikki misrlik hujumchi Marmush ("Manchester Siti") hamda Saloh ("Liverpul) o‘rin egallagan.
Yarim himoya pozitsiyasida Qudus ("Vest Xem"), Gyundogan ("Siti"), Dukure ("Everton") hamda Diallo (MYu) kabi futbolchilar joy olgan.
Himoya chizig‘ida Ait Nuri ("Vulverxempton"), Fofana ("Chelsi"), Konate ("Liverpul") va Husanov ("Siti") kabi futbolchilar bo‘lsa, darvozabon sifatida Bayindir (MYu) qayd etilgan.
Fikrlar