
APLda "Tottenxem" vakillari avgust oyining eng yaxshilari bo‘ldi! (Foto)
APLda avgust oyining eng yaxshilari nomi ma’lum qilindi. Unda "Tottenxem" bosh murabbiyi va futbolchisi hamda "Brayton" a’zosi yuksak e’tirofga sazovor ko‘rildi.
"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Ange Postekoglu o‘tgan oyning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi. Qolaversa, "shporlar" etakchisiga aylanib borayotgan Jeyms Meddison avgust oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi.
Eng chiroyli gol nominatsiyasida esa Kaoru Mitomaning "Vulverxempton" darvozasiga urgan goli g‘olib bo‘ldi.
Fikrlar