APLda yana muammo kelib chiqdi

  • 14.05.2020 08:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya premer-ligasida mavsumning davom ettirilishi 19 iyunga qadar to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, liga rahbariyati futbolchi va murabbiylarning mavjud vaziyatdan bezovta ekani uchun shunday qarorga kelgan.

Oldinroq, agar Buyuk Britaniya hukumati bunga ruxsat bergan bo‘lsa, mavsumni 13-iyun kuni qayta boshlash mumkinligi haqida xabar berilgan edi, ammo ushbu sana yana o‘zgarishi mumkin.

May oyi o‘rtalaridan boshlab esa klublarga mashg‘ulotlarni boshlashga ruxsat beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!