APLda yozgi transferlar oynasi yopilishi avvalgi tizimga qaytariladi

  • 6 fevral, 2020, 18:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi klublari  yozgi transferlar oynasining qolgan chempionatlardan ko‘ra ertaroq yopilishini bekor qilish bo‘yicha kelishib olishdi.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, yangi qoidaga ko‘ra so‘nggi 2 mavsumdan buyon APLda transfer oynasi chempionat startiga 1 kun qolganida yopiladi. Bu esa Evropaning boshqa chempionatlaridan ancha erta deganidir.

Endi esa yana eski tizimga qaytiladi. Unga ko‘ra premer-ligada ham yozgi transferlar oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!