APLning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?

  • 3 yanvar, 2020, 17:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya premer-ligasi o‘zining rasmiy saytida musobaqaning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra ushbu nom uchun Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Emiliano Buendia («Norvich Siti»), Dominik Kelvert-Lyuin («Everton»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Ben Foster («Uotford»), Denni Ingz («Sautgempton»), Adama Traore («Vulverxempton») va Jeymi Vardi («Lester») kabi futbolchilar da’vogarlik qilishmoqda.

Elatib o‘tamiz, g‘olib muxlislar, APLda ishtirok etuvchi 20 ta jamoa sardorlari hamda maxsus ekspertlar bergan ovoz natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!