APLning eng yaxshi murabbiyi kim?

  • 1 iyun, 2021, 16:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliya premer-ligasi mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga da’vogar 5 nafar mutaxassis nomzodini e’lon qildi.

So‘rovnomaning hal qiluvchi bosqichiga qadar Xosep Gvardiola («Manchester Siti»), Ole-Gunnar Sulsher («Manchester Yunayted»), Brendan Rojers («Lester»), Devid Moyes («Vest Xem») va Marselo Belsa («Lids») etib keldi.

Aytish kerakki, Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” premer-ligada chempion bo‘ldi. MYu Sulsher qo‘l ostida 2-o‘rinni egalladi. Rojersning “Lester”i esa Angliya kubogini qo‘lga kiritdi, biroq APLda 5-o‘rinda qolib ketdi va EChL yo‘llanmasidan mosuvo bo‘ldi.

Moyes boshqaruvidagi “Vest Xem” APLni 6-o‘rinda yakunladi. Chempionshipdan APLga qaytgan mavsumning o‘zidayoq Belsa qo‘l ostidagi “Lids” esa 9-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!