APLning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Angliya premer-ligasida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Aytish lozimki, germaniyalik futbolchi o‘tgan oy premer-liganing 5 ta bahsida ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Ushbu mukofotga Gyundogandan tashqari Yoakim Andersen ("Fulxem"), Xarvi Barns ("Lester"), Joau Kanselu ("Manchester Siti"), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Jessi Lingard ("Vest Xem"), Ruben Nevesh ("Vulverxempton") va Rafinya ("Lids") kabi futbolchilarning ham nomzodlari bor edi.


Fikrlar