APLning kelasi mavsumi muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sky Sports nashirning ma’lumotiga ko‘ra, APLning 2020/21 yilgi mavsumi muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin.

Angliya klublari ushbu variantga tayyorlanishmoqda va uning oqibatlarini o‘rganishmoqda.

Premer liga klublari koronavirus vaktsinasi paydo bo‘lganidan so‘ng, futbol yana yaxshi holatga qaytishidan umid qilishmoqda. Sky Sports nashri mahsus ekspertlarga tayangan holda, vaktsina 2021 yilning o‘rtalaridan ertaroq ishlab chiqilmaydi.

Allaqachon, ingliz klublari daromadning kamayishi muqarrarligini anglab, transfer oynasi ochilganida, yozda yangi futbolchilar uchun kamroq xarajat qilishni o‘ylamoqda.

Eslatib o‘tamiz, APLning joriy mavsumi 13 mart kuni koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan edi, ammo barcha jamoalar vaziyat xavfsiz bo‘lganida mavsumni yakunlab qo‘yishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!