
APLning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi ma’lum
APL rasmiy sayti chempionatning "yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchi" nomini elon qildi. Unga ko‘ra, MYu darvozaboni David de Xea ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.
Bu orqali u 2013 yil noyabr oyidan beri bu mukofotni qo‘lga kiritgan ilk darvozabon bo‘ldi. O‘shanda oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida Tim Krull e’tirof etilgandi.
Shuningdek, ispaniyalik posbon 2016 yil noyabr oyidan buyon "oy futbolchisi" deb topilgan ilk ispaniyalik futbolchiga aylandi. Oxirgi marta bunday sharafga Diego Kosta sazovor bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, David de Xea bilan bir qatorda bu sovringa De Bryuyne, Bouen, Xarrison, Moutino va Uord-Prouz da’vogarlik qilayotgandi.
Fikrlar