
APLning yanvardagi eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?
Angliya chempionati rasmiy sayti yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun nomzodlar ro‘yhatini e’lon qildi.
Ushbu ro‘yhatdan "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero, "Liverpul" darvozaboni Alisson va xavbek Jordan Xenderson, "Uotford" yarim himoyachisi Abdulay Dukure, "Aston Villa" xavbeki Jek Grilish, "Lestera" forvardi Ayose Peres va "Sautgempton" futbolchisi Jek Stivens joy olishdi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold e’tirof etilgan edi.
Fikrlar