AQSh va Hindiston mag‘lub etildi, O‘zbekiston termasi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida muddatidan oldin keyingi bosqichga yo‘l oldi (natijalar)

  • 21 noyabr, 2022, 23:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
CHERY AUTO

Isroil davlatida FIDE jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi GM Nodirbek Yakkubboev, GM Javohir Sindarov, GM Shamsiddin Vohidov, GM Jahongir Vohidovlardan iborat kvartet bilan B guruhida saralash raundlarini o‘tkazmoqda.

Tecno

Bugun, 21 noyabr kuni musobaqada 3 va 4-tur bahslari o‘tkazildi. Barcha turlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing: 

1 tur: O‘zbekiston 1.5 - 2.5 Ozarbayjon.

2 tur: O‘zbekiston 2.5 - 1.5 Isroil.

3 tur: O‘zbekiston 2.5 - 1.5 AQSh.

4 tur: O‘zbekiston 3.5 - 0.5 Hindiston.

4 tur yakuniga ko‘ra 6 ochko jamg‘argan termamiz B guruhda etakchiga aylandi va muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qildi. 

Endi 5 turda hamyurtlarimiz Polsha jamoasiga qarshi dona suradi.

Ma’lumot uchun, 5 ta tur yakuniga ko‘ra, A va B guruhda eng yaxshi natija qayd etgan 4 tadan jamoa chorak final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!