
AQShda o‘ynagan xokkeychi faoliyatini "Humo"da davom ettirishi mumkin
Rossiyalik himoyachi Dinmuhammad Jangarashev ayni vaqtda Toshkentning "Humo" klubi ko‘rigida bo‘lib turibdi. Asli qozog‘istonlik bo‘lgan xokkeychi bundan bir muddat ilgari Xitoyning "Tsen Tou" jamoasida ko‘rikdan o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsum 19 yoshli iqtidor egasi NA3HL muntazam chempionatida ishtirok etuvchi "Bingxemton Junior Senatorz" klubi safida shayba surgan va 50 bahsda muzga tushib, 82 ochkoni (26+56) qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, Jangarashev Rossiyada tug‘ilgan, xokkeydagi faoliyatini esa Astanada boshlagan. So‘ng Satpaev va Qarag‘andada xokkey o‘ynagan Dinmuhammad Moskvaga yo‘l olib, u erda "Belye Medvedi" va "Dinamo" jamoalari sharafini himoya qilgan. So‘nggi uch yilda esa AQShda faoliyat olib borgan.
Fikrlar