Arauxo O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu FIFA kunlarida Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan. Ushbu bahsda "Barselona" himoyachisi Roanld Arauxo ishtirok etmaydi.
Insayder Fernando Polo xabar berishicha, Marselo Belsa futbolchini ushbu yig‘inga chaqirmaydi. Sababi, murabbiy unga dam berishni istadi.

Ronald PSJ bilan bo‘lgan Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvda zaxirada qoldirilgandi. U "Barselona" safida ushbu mavsum 6 ta bahsda ishtirok etib, bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Urugvay - O‘zbekiston o‘yini 13 oktyayur kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar