Arbeloa "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi

  • 16.04.2026 03:27
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

“Real Madrid” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa “Bavariya”ga qarshi oʻyindan soʻng (3:4, birinchi oʻyin — 1:2) oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Bu mening futbolchilarim ijrosida ajoyib oʻyin boʻldi. Ular koʻrsatgan mehnat uchun juda achinyapman. Shuningdek, stadionga kelgan va uyda kuzatgan muxlislarimiz uchun ham achinyapman.

Bu yil Chempionlar ligasida 16-chi titulni qoʻlga kirita olmasligimiz ogʻriqli. Lekin jamoa barcha kuchini berdi va biz oʻz gerbimiz bilan qaytamiz.

Bizda gol urish uchun imkoniyatlar boʻldi. Ayrim futbolchilar charchagan edi va almashtirishga tayyorlanayotgandik, ammo goldan keyin barchasi hal boʻldi.

Chempionatda ham oson boʻlmaydi, ammo soʻnggi turgacha kurashishimiz kerak”, — dedi Arbeloa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!