Arbeloa Karvaxal bilan mojaro haqidagi xabarga munosabat bildirdi

  • 15.02.2026 08:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa tajribadi himoyachi Daniel Karvaxal bilan oʻrtasida kelishmovchiliklar borligi haqidagi maʼlumotlarga izoh berdi.

Avvalroq bosh murabbiy va futbolchi deyarli muloqot qilmayotgani, Arbeloa Karvaxalga  nega uni zahirada qoldirilayotganini tushuntirmayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.

- Karvaxal bilan, jamoadagi barcha futbolchilar kabi, men yakka tartibda gaplashishni yaxshi koʻraman. Ular nimani his qilayotganini, nima haqida oʻylayotganini bilish men uchun muhim.

Karvaxal tobora yaxshilanib bormoqda. U hafta davomida ajoyib mashgʻulot oʻtkazdi. Men uchun eng muhimi,  u oʻzining eng yuqori darajasiga yaqinlashishidir. Dani buni oʻyinlar orqali isbotlashi kerak, - dedi Alvaro Arbeloa.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!