Arbeloa Mbappega asosiy hujumchi mavqeini yo‘qotganini aytdi

  • 15.05.2026 07:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 36-turidagi “Oviedo”ga qarshi oʻyinidan (2:0) keyin jamoadagi maqomi haqida gapirdi. Forvard uchrashuvning 69-daqiqasida maydonga tushdi va assist qayd etdi.

- Aslida asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor edim, ammo Arbeloa menga hozir men jamoada toʻrtinchi hujumchi ekanimni aytdi.

Hechqisi yoʻq, murabbiy qarorlarini qabul qilish kerak. Men yanada qattiqroq ishlayman, - dedi Mbappe.

Fransiyalik futbolchining izohini  jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida eʼlon qildi.

Joriy mavsumda Kilian Mbappe barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda qatnashib, 41 ta gol va 7 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!