Arbeloa: "Men futbolchilarimni doimo himoya qilaman"

  • 02.05.2026 15:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa futbolchilari haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Ispaniyalik mutaxassis yanvar oyida Xabi Alonso oʻrniga kelgan edi, biroq u muammoli mavsumni qutqara olmadi. "Qirollik klubi" Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozona olmadi, Ispaniya kubogini erta tark etdi va La Ligada "Barselona"dan ancha ortda qolib ketdi.

Jurnalistlar Arbeloadan ushbu omadsizliklar fonida futbolchilardan koʻngli qolgan-qolmaganini soʻrashdi.

"Albatta, yoʻq. Men ularni omma oldida himoya qilaman va mening taqdirim ularning har kuni koʻrsatayotgan oʻyiniga bogʻliq. Bu — murabbiyning burchi. Futbolchilarning aksariyati bilan juda yaqin munosabatdaman va har qanday muammo oʻz oramizda qolishi kerak. Men doimo ularning birinchi himoyachisi boʻlaman", — dedi mutaxassis matbuot anjumanida.

Eslatib oʻtamiz, yakshanba kuni "Real Madrid" oʻz maydonida "Espanol"ga qarshi bahs olib boradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!