Arbeloa shogirdlari “Siti”ni qanday yanchib tashlaganini tushuntirdi

  • 12.03.2026 08:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi birinchi uchrashuvida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin natijasi haqida fikr bildirdi.

Ushbu o‘yinda madridliklar kutilmaganda 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Agar Vinisius Juniyor penalti­ni aniq bajar­ganida hisob yanada yiriklashgan bo‘lardi.

- Natija kutganimizdan ham yaxshiroq bo‘ldi.“Santyago Bernabeu”da futbolchilarning o‘yindan zavq olgani meni quvontirdi, ular so‘nggi qiyin sinovlardan keyin bunday g‘alabaga loyiq edi.

Tashqaridan jamoamiz kuchi haqida shubhalar aytilgan edi, ammo biz “Real”miz va bizni kamsitish mumkin emas.

Biz “Siti”ning o‘yin uslubi va Gvardiolaning taktikasi­ni yaxshi bilamiz, u nimaga intilayotgani­ni tushunamiz. Ularga maydonda bo‘sh hudud qoldirmadik va asosiy uzatma yo‘llarini yopdik.

Raqiblar sizni oldinga chiqarib, keyin qarshi hujum qilishga harakat qiladi, ammo sabr bilan o‘ynab va ularning orqa chizi­g‘iga hujum qilib, xavfli vaziyatlar yarat­a oldik.

Men uchun Valverde — zamonaviy Xuanito, “Real” futbolchisi qanday o‘ynashi kerakligining namunasi, - dedi Arbeloa.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 17 mart kuni Manchesterdagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!