Argentina futbol rahbarlari sudga berish bilan tahdid qilmoqda
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) Jahon chempionati–2026 paytida terma jamoa haqida tarqatilgan haqqoniylikka to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar uchun sudga murojaat qilishi mumkin. Bu haqida Sportskeeda nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik mutasaddilar jamoa va uning futbolchilariga nisbatan «asossiz ayblovlar» hamda tekshirilmagan ma’lumotlar tarqatgan shaxslarga nisbatan da’vo arizalari kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
AFA yuristlari bu boradagi dalil-isbotlarni to‘plashni boshlab yuborgan. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlar, skrinshotlar va boshqa materiallar yig‘ilmoqda. Xabarga ko‘ra, ehtimoliy da’volar faqat yirik ommaviy axborot vositalariga emas, balki ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ham qaratilishi mumkin.
Assotsiatsiya noroziligiga turnir davomida Argentinga qarshi ko‘paygan ayblovlar sabab bo‘lgan. Xususan, 1/8 finalda Misr ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, hakamlar g‘oyoki Argentina tomonini qo‘llagani va FIFA tomonidan yordam bo‘lgani haqida turli da’volar paydo bo‘lgan edi.

Fikrlar
хакамлар ёрдам бермаса аргентина ютолмас эди
фифа ёрдам бермаганда месси хам камрок машхур буларди