Argentina MTJ hujumchisi koronavirusga chalindi

  • 21 mart, 2022, 21:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" yulduzi Lautaro Martines koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi.

Argentigalik hujumchi terma jamoa ixtiyoriga ketayotgan paytda virusga musbat test topshirgan. Endi u katta ehtimol bilan jamoasining navbatdagi ikki uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

"Albiseleste" 26 mart kuni Venesuela, 30 mart sanasida Ekvadorga qarshi maydonga tushishi lozim. Lautaro ayni paytda izolyatsiyaga olingan va bu o‘yinlarda qatnashishi so‘roq ostida turibdi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum "Inter" libosida 39 bellashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 16 gol va 2 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!