
Argentinalik darvozabon Messidan zo‘r uch futbolchi borligi aytdi
Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni Ugo Gatti Qatardagi jahon chempionati qahramoni Lionel Messidan zo‘r o‘yinchilar ham borligini ta’kidladi.
Gattining aytishicha, PSJ hujumchisi so‘nggi jahon chempionatida g‘olib chiqqan va mundialning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa-da, futbol afsonalari – Pele va Diego Maradona darajasiga hech qachon eta olmaydi.
Bundan tashqari qariya golkiper ayni paytda frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe Lionel Messidan har taraflama ustun ekanini alohida ta’kidladi.
- Dunyoda hech kim Peledan, Argentinada esa Maradonadan o‘zib keta olmaydi. Anxel di Mariya ham fenomen o‘yinchi edi, lekin uni hech kim tilga olgani yo‘q. Men uchun Mbappe dunyoning eng zo‘r futbolchisi, - dedi Ugo Gatti.
Fikrlar