
Arina xonim Mariya Sharapovaning sobiq hamkorini tortib oldi
Endi belaruslik tennischi Arina Sobolenko musobaqalarga germaniyalik murabbiy Diter Kindlman qo‘l ostida tayyorlanadi. Diter Arina jamoasiga AQShda qo‘shiladi. Hozirda Sobolenko Leksingtonda o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.
Avval, Kindlman Mariya Sharapovaning sparring-hamkori bo‘lib faoliyat yuritgan. Shuningdek, u Anastasiya Pavlyuchenkova, Medison Kiz, Elize Mertens, Aylu Tomlyanovich va Anjelik Kerberni murabbiy sifatida musobaqalarga tayyorlagan.
Fikrlar