Arman Tsarukyan: "Belimdagi og‘riq tez orada yo‘qolib ketishiga ishongandim, biroq..."
Engil vazn toifasida (70 kg) UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Tsarukyan "UFC 311" turnirida Islom Maxachev bilan revanshdan nim uchun bosh tortganini batafsil aytib berdi.
“Chorshanba kuni kechqurun mashg‘ulotlarni tugatdim va uxlashga yotganimda, belim og‘riyotganini his qildim. O‘sha kecha uxlay olmadim. Ertalabki mashg‘ulotlarni ham o‘tkazib yubordim. Bu hol tez orada o‘tib ketishiga ishongandik. Matbuot anjumanida hamma narsa yaxshi edi, biroq vazn yo‘qotish boshlandi va velosipedda ishlayotganimda belimdagi og‘riq juda kuchayib ketdi. Darhol shifokorni chaqirdik. U tekshirgach, turnirda ishtirok etolmasligim aniq bo‘ldi” - dedi Tsarukyan "JAXXON" podkastida.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 311" turnirida Armanning o‘rniga Renato Moykano Maxachevga qarshi oktagonga ko‘tarildi va 1-raunddayoq mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar