Arman Tsarukyan Islom Maxachevga nega yutqazishi mumkin? Sobiq UFC jangchisi javob berdi
Sobiq UFC jangchisi amerikalik Josh Tompson ikki rossiyalik - Islom Maxachev va Arman Tsarukyan o‘rtasidagi bo‘lajak revansh haqida gapirdi.
“Maxachevning zukkoligi va jangovar IQ darajasi unga birinchi jangda g‘alaba qozonish imkonini bergandi. Shundan so‘ng Arman ham ancha yaxshilandi, biroq u hali ham IQ darajasiga ega emas. Tsarukyan hali xom. Islom elita darajasida jang qilish tajribasiga ega. Shu bois men revanshda ham dog‘istonlikning g‘alabasiga ishonaman”, - dedi Tompson "Weighting In" podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan (22-3) va Maxachev (26-1) to‘qnashuvi 19 yanvar kuni "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar