Arman Tsarukyan: "Peddi Pimblettni UFC reytingidan chiqarib tashlash kerak"

  • 20.11.2025 18:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning engil vazn toifasi reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Arman Tsarukyan angliyalik Peddi Pimblettni tanqid qildi.

"Pimblettni reytingdan chiqarib tashlash kerak. U hattoki kuchli 10talikka ham loyiq emas. Peddi oxirgi uch jangida mag‘lubiyatga uchragan Maykl Chendlerni mag‘lub etdi. So‘nggi sakkizta jangida engilgan Toni Fergyusonni taslim etdi. U hali kuchli raqiblar bilan to‘qnash kelmadi", - dedi Tsarukyan.

Ma’lumot uchun, Arman Tsarukyan UFC da 4 ta bahsdan iborat g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda. Pimblett esa mazkur promoushenda 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!