Arman Tsarukyan UFC da hali mag‘lub bo‘lmagan jangchiga "vyzov" tashladi

  • 23 may, 14:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Arman Tsarukyan (22-3 MMA, 9-2 UFC) britaniyalik Peddi Pimblett (23-3 MMA, 7-0 UFC) bilan bahsga tayyorligini aytdi.

"Peddi o‘zining so‘nggi jangida juda ajoyib harakat qildi. O‘ylashimcha, u reytingdagi TOP yigitlarga yaxshigina bosh og‘riq bo‘la oladi. Pimblett yil oxirida jang o‘tkazishi mimkin, biroq yaqin oylarda emas, deb o‘ylayman. Shu bois yozda u bilan kuch sinashmoqchiman. Shundan keyingina yil oxirida juda katta nomga ega jangchiga qarshi oktagonga ko‘tarilaman" - dedi Arman.

Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan "UFC 311" turnirida Islom Maxachevga qarshi kurash olib borishi kerak edi, ammo sog‘lig‘idagi muammolar sabab jangdan voz kechgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!