Arman Tsarukyangа chempionlik janggi berilmaganing asl sababi nima? Dana Uayt javob berdi
UFC jangchisi Arman Tsarukyan bilan bog‘liq mojaro uning vaqtinchalik chempionlik jangi uchun tanlanmasligiga sabab bo‘ldi. Bu haqida promoushen prezidenti Dana Uayt ma'lum qildi.
Gap shundaki, jang oldidan o‘tkazilgan sterdaunda Arman raqibi Den Hukerning yuziga bosh bilan zarba bergan edi. O‘shanda vaziyatga tezkor ravishda UFC rasmiylari va xavfsizlik xizmati aralashib, jangchilarni ajratib qo‘ygan edi.
Oradan ko‘p o‘tmay, engil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Justin Getji va Paddi Pimblett to‘qnash kelishi ma'lum qilindi.
"Titulga da'vogarlarni tanlashda turli omillarni hisobga olamiz, jangchining xatti-harakati ham shular jumlasiga kiradi. Armaning o‘zini tutishi esa bizning qarorga yuz foiz ta'sir qildi", — dedi UFC rahbari jurnalist Robbi Foksga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil noyabr oyida Arman Tsarukyan 2-raundda Den Hukerni bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lub etgandi.
Fikrlar