
Arman Tsarukyanga Islom Maxachev bilan jangga tayyorlanish qanchaga tushdi?
Engil vazn toifasida (70 kg) UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Tsarukyan amaldagi chempion Islom Maxachev bilan muvaffaqiyatsiz revansh unga qancha moliyaviy zarar etkazganini oshkor qildi.
“So‘nggi lagerimda men bilan 15 kishi bor edi - to‘rtta murabbiy va 11 sparring-sherik. Ikki hafta uchun 20 ming, bir oy uchun esa 40 ming dollar sarf etdim. Parvozlar bilan birga, murabbiylarning maoshi 15-16 ming atrofida bo‘ldi” — dedi Tsarukyan "JAXXON" podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Arman UFC da to‘qqizta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar